

"Biz klub direktori Pintu bilan uchrashdik va do'stona suhbat olib bordik", - dedi Vagnati. "Uchrashuv davomida bir nechta tafsilotlarni muhokama qildik. “Roma” bilan yaxshi munosabatdamiz, voqealar qanday rivoj topishini esa yaqin kunlarda guvohi bo'lamiz.
Biz bir vaqtning o'zida bir nechta futbolchilarni kuzatmoqdamiz, jumladan Shomurodovni ham. Hozirda o'zaro kelishuv haqida bosh qotiryapmiz, holbuki "Roma"da moliyaviy feyr-pley tomondan ko'plab cheklovlar mavjud", - deya qo'shimcha qildi turinliklar sport direktori.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Shomurodovga Fransiyaning "Lill" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik.



