"Torino" "Ayaks" himoyachisining transferi bo'yicha kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
13 avg 2022
Turin klubi "Ayaks" himoyachisi Perr Sxyurs transferi borasida kelishuvga erishdi.

Italiyalik jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, hozirda klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Jamoa rahbariyati niderlandiyalik himoyachi transferini 9 million evro evaziga hal qilmoqchi.

Shu bilan birga, futbolchining o'zi ham "buqalar" safiga o'tishga tayyor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano