Toral: "Bizga qarshi bahsda "Barselona" va "Atletiko"da ko'p vaziyat bo'lmagan"

Aslanov Jasurbek
5 fev 2018
"Valensiya" bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral "Atletiko"ga qarshi bahsda o'z jamoasining mag'lubiyatini (0:1) adolatli deb atadi.

"Himoyada yaxshi o'ynadik, hujumkor harakatlarimiz esa g'alabaga etarli bo'lmadi. Raqibning goli inividual mahorat mahsuli. Golli vaziyatlar yarata olmadik. Bunday bahslarda g'alaba qozonish qiyin. Biroq bizga qarshi bahslarda "Barselona" va "Atletiko" ko'p vaziyat yarata olmagan" - deydi Toral.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca