TOP-5'da murabbiylar iste'fosi davom etadi, bu safargi navbat "Lion"ga

Eldor Akmurzayev
8 okt 2019
Lion bosh murabbiyi Silvino lavozimidan ozod etildi, deya ma'lum qiladi klubning twitter'dagi rasmiy sahifasi.

Braziliyalik mutaxassisning yordamchisi Jerald Batik esa jamoani vaqtinchalik murabbiy sifatida boshqarib turadi. Biroq, Batik klub sport direktori Junino Pernambukanoning ko'rsatmalari asosida faoliyat olib boradi.  

Sherlar Fransiya chempionatining 9 turidan so'ng, 9 ochko bilan jadvalda 14-o'rinda borishmoqda. YCHLda esa jamoa G kvartetida 4 ochko to'plagan holda 2-o'rinda turibdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/OL