Tolga Zengin bir oyga safdan chiqdi va "Liverpul"ga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2015
Lig Tv nashrining xabariga ko'ra, Turkiyaning "Beshiktosh" klubi asosiy darvozaboni Tolga Zenginni jarohat tufayli yo'qotdi.
31 yoshli posbon "Bursaspor"ga qarshi o'yinda (3:2) jarohat oldi va 15-daqiqada almashtirildi. Zengin bir oy maydonga tusha olmaydi.

U Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi "Liverpul"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net