Tojikistonda eng yaxshilar taqdirlandi. "Lokomotiv"ning bo'lajak raqibi safida kimlar laureat bo'ldi?

Narzulla Saydullayev
22 dek 2019
21 dekabr kuni Tojikiston futbol Federatsiyasining yil yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash gala-marosimi bo'lib o'tdi.

Unda yakuniga etayotgan yilning eng yaxshilari taqdirlandi.

Dushanbening "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi va Tojikiston terma jamoasi a'zosi Alisher Jalilov 2019 yil Tojikistoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Istiqlol" posboni Rustam Yatimov eng yaxshi darvozabon, ushbu klub vakili Ehsoni Panshanbe eng yaxshi yarim himoyachi, mavsum davomida 16ta gol urgan Sheriddin Boboev eng yaxshi hujumchi deb topildi.

Tojikiston chempionatining eng yaxshi darvozaboni - Rustam Yatimov ("Istiqlol")
Tojikiston chempionatining eng yaxshi yarim himoyachisi - Ehsoni Panshanbe ("Istiqlol")
Tojikiston chempionatining eng yaxshi hujumchisi - Sheriddin Boboev ("Istiqlol")
Tojikiston chempionatining eng yaxshi to'purari - Sheriddin Boboev 16ta gol ("Istiqlol")
Tojikiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi - Alisher Jalilolv ("Istiqlol")




Ma'lumot uchun, "Istiqlol" OCHL-2020 saralashi doirasida 21 yanvar kuni Toshkentda "Lokomotiv" klubi mehmoni bo'ladi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia