Tojikiston U20 ustozi: "Janubiy Koreyaga qarshi qanday o'ynashni bilaman, lekin maydonda rejadagidek o'yin o'tkazish qiyin"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2023
Tojikiston U20 terma jamoasi bosh murabbiyi Oleg Kubarev Ummon yoshlariga qarshi kechgan bahsdan (1:0) so'ng matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin hakida fikrlaringizni aytib o'tsangiz? 

- O'tgan uchrashuvdan so'ng g'alaba qozonish muhim edi va bugun maqsadga erishdik. Uchrashuvda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, shunga qaramay vazitlar ham yarata oldik. 

- Hujumchilaringizning o'yiniga baho berib o'tsangiz? Ular juda ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurishdi. 

- O'tgan matbuot anjumanida ham xujumchilarimiz haqida fikr bildirib o'tgandim. O'sha fikrimda qolaman, ular ko'p vaziyatlardan foydalana olishmayapti va bu bizga zararga ishlamoqda. 

- G'alaba albatta muhim, lekin o'yin sifatiga va o'yinchilaringizga qanday baho berasiz? 

- Men har doim katta yoshli jamoalarda ishlaganman. Kattalar jamoasida bunday o'yinga yaxshi baho berilmaydi, lekin bu tarkib hali yosh va shu sabab ularni baholamayman, chunki ulardan hamma narsa kutsa bo'ladi.  

- Darvozabonlar va himoyachilar bugun juda ko'p hato qilishdi. Bunga sabab nima? 

- Maydon sifati bo'yicha savollar bor darvozabonimiz to'p maydonda sakrab ketayotgani aytdi va shu sabab bugun ular ko'proq hato qildi deb o'ylayman, chunki to'p bilan muomala qilish qiyinlashadi. 

- Keyingi uchrashuv Janubiy Koreyaga qarshi, ular 6 ochko to'plab bo'lishdi va deyarli guruhdan chiqishdi. Sizning jamoangiz uchun esa keyingi uchrashuv o'ta muhim bo'ladi, keyingi uchrashuvda jamoangiz qanday o'yin ko'rsatadi?

- Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda qanday va qaysi uslubda o'ynashni bilaman, lekin maydonda rejadagidek o'yin o'tkazish qiyin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia