Tojikiston U-17 CAFA musobaqasiga mezbonlik qiladi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2023
Markaziy Osiyo Futbol Associaciyasi navbatdagi musobaqani o'tkazadi.

O'smirlar o'rtasidagi U-17 CAFA chempionati 20 avgustdan 27 avgustga qadar Xisordagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadi. Unda 5 ta davlat (Tojikiston, O'zbekiston, Eron, Afg'oniston va Qirg'iz Respublikasi) jamoalari ishtirok etadi. 

Musobaqada O'zbekiston nomidan Islom Ismoilov qo'l ostidagi U-15 terma jamoasi qatnashishi kutilmoqda. 


1-tur

20 avgust (yakshanba)

18:00 – Qirg'iz Respublikasi – Afg'oniston 

21:00 – O'zbekiston – Eron


2-tur

21 avgust (dushanba)

18:00 – Afg'oniston  – Tojikiston

21:00 – Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston 


3-tur 

23 avgust (chorshanba)

18:00 – Eron – Afg'oniston  

21:00 – Tojikiston – Qirg'iz Respublikasi


4-tur

25 avgust (juma)

18:00 – Eron – Qirg'iz Respublikasi

21:00 – O'zbekiston – Tojikiston 


5-tur

27 avgust (yakshanba)

18:00 – Afg'oniston  – O'zbekiston

21:00 –Tojikiston – Eron



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia