Tojikiston terma jamoasining Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun tarkibi ma'lum

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022
Petr Segrt boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi murabbiylar shtabi Rossiyaga qarshi nazorat uchrashuvi uchun chaqirilgan 28 nafar futbolchidan iborat ro'yxatni e'lon qildi.

Tojikiston termasi qaydnomasi:

Darvozabonlar - Rustam Yatimov, Muhriddin Hasanov (ikkisi – "Istiqlol"), Shohruh Qirg'izboev ("Xo'jand")

Himoyachilar - Vaxdat Xanonov ("Persepolis", Eron), Zoir Jo'raboev ("Surxon", O'zbekiston), Manuchehr Safarov ("Lokomotiv", O'zbekiston), Mehrubon Karimov ("Dinamo-Avto", Moldaviya), Axtam Nazarov, Siyovush Asrorov, Alijon Karomatullozoda, Daler Imomnazarov (hammasi – "Istiqlol")

Yarim himoyachilar - Alisher Jalilov (AGMK, O'zbekiston), Parvizjon Umarboev (SSKA-1948, Bolgariya), Amirbek Jo'raboev ("Yunayted Siti", Filippin), Ehsoni Panshanbe ("Zob Ohan", Eron), Alijoni Ayni ("Krasnodar-2", Rossiya), Komron Tursunov (TRAU, Hindiston), Murodali Aknazarov ("Antalyaspor", Turkiya), Xusrav Toirov ("Atirau", Qozog'iston), Salam Ashurmamadov ("Brouk boyz", Rossiya), Muhammadjon Rahimov ("Istiqlol"), Xurshed Abdulloev (SSKA, Dushanbe), Azizbek Xaitov ("Dinamo", Dushanbe)

Hujumchilar - Shaxrom Samiev ("Isloch", Belarus), Rustam Soirov ("Levadiya", Estoniya), Manuchehr Jalilov, Shervoni Mabatshoev (ikkisi – "Istiqlol"), Nuriddin Hamrokulov ("Xatlon")

Tojikiston – Rossiya uchrashuvi Dushanbeda Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, tojikistonliklarga qarshi bahsdan so'ng Rossiyani O'zbekistonga bilan o'rtoqlik uchrashuvi kutmoqda. O'yin 20 noyabr kuni "Paxtakor" stadionida 17:00 da start oladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia