Tojikiston chempionati. O'zbekistonlik futbolchilarning goli “Fayzqand”ga 3 ochko keltirdi, “Istiqlol”da esa yirik g'alaba (+jadval)

Eldor Akmurzayev
25 apr 2020
Tojikiston Oliy Ligasining 4-turi bugun start oldi.

“Fayzqand” o'zbekistonlik futbolchilar Jasur Qurbonov hamda Anvar Murodovning gollari evaziga “Istaravshan” ustidan zafar (2:1) quchdi.

Amaldagi champion “Istiqlol” esa “Ko'ktosh”ni yirik (6:1) hisobda taslim etdi.

"Fayzqand" – "Istaravshan" – 2:1

Kulob markaziy o'yingohi

Gollar: Abduqaxxor Qodirov, 45+1 (0:1). Jasur Qurbonov, 61 (1:1). Anvar Murodov, 67 (2:1).

"Istiqlol" – "Ko'ktosh" – 6:1

Dushanbe markaziy o'yingohi

Gollar: Manuchexr Jalilov, 15 (1:0). Rustam Soirov, 61 (2:0). Manuchexr Jalilov, 65 (3:0). Xolmurod Nazarov, 69 (a.g. 4:0). Xolmurod Nazarov, 81 (4:1). Rustam Soirov, 82 (5:1). Rustam Soirov, 90+3 (6:1).

Ertaga, 26 aprel kuni turning qolgan bahslari o'tkaziladi:

Turnir jadvali


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia