Tojikiston "CAFA Nations Cup 2025" uchun qaydnomasini e'lon qildi, unda Superligada o'ynaydigan futbolchilar ham bor

Alisher Ostonov
23 avg 2025, 14:10
Gela Shekiladze boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi "CAFA Nations Cup 2025" xalqaro turniri uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Jamoaning kengaytirilgan qaydnomasiga 35 futbolchi kiritildi, ammo 25 avgustda boshlanadigan tayyorgarlik yig'ini 23 o'yinchi bilan boshlanadi.

Tojikiston terma jamoasi musobaqaning "B" guruhida Hindiston, Afg'oniston va Eronga qarshi bahs olib boradi.


Darvozabonlar: Rustam Yatimov ("Rostov", Rossiya), Oleg Baklov ("Turan Tovuz", Ozarbayjon), Muxriddin Xasanov ("Istiqlol"), Daler Azizov ("Xosilot");

Himoyachilar: Vaxdat Xanonov ("Sepaxon", Eron), Zoir Jo'raboev ("So'g'diyona", O'zbekiston), Axtam Nazarov, Manuchexr Safarov, Tabriz Islomov (barchasi – "Istiqlol"), Alijon Karomatullozoda ("Ravshan"), Daler Imomnazarov ("Regar-TadAZ");

Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev ("Lokomotiv", Bolgariya), Alisher Jalilov, Amirbek Jo'raboev, Exsoni Panshanbe (barchasi – "Istiqlol"), Shervoni Mabatshoev ("Regar-TadAZ"), Alisher Shukurov ("Xo'jand"), Shuxrat Elmurodov ("Regar-TadAZ"), Mexron Madaminov ("Barkchi");

Hujumchilar: Shaxrom Samiev ("Xorazm", O'zbekiston), Rustam Soirov ("Istiqlol"), Nuriddin Xamroqulov ("Vaxsh"), Sheriddin Boboev ("Ravshan").


Bosh murabbiy: Gela Shekiladze (Gruziya/Belgiya).



Alisher OstonovMuallif
Manba: Тожикистон футбол федерацияси матбуот хизмати