

"Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogida ilk bor ishtirok etmoqda. Bu erda bo'lish biz uchun katta sharaf. Guruhimiz kuchli. Qatar, Xitoy, Livan yaxshi jamoalar, barcha raqiblarni hurmat qilamiz.
Bor e'tiborimizni birinchi o'yinimizga qaratganmiz. Raqib juda jiddiy. Debyut o'yin doim qiziqarli bo'ladi. Biz kurashamiz, jang qilamiz. Har bir uchrashuvda bor kuchimizni ishga solamiz. Qatarda imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz.
Qatarga yetib kelishdan avval Gonkongga qarshi bitta nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Nima uchun bitta? Chunki Osiyo Kubogi oldidan futbolchilarning jarohat olishidan havotir oldik. Afsuski, Amirbek Jo'raboev jarohati sabab Osiyo Kubogida qatnasha olmaydi. Bu biz uchun katta yo'qotish",- deydi Petr Segrt.




