Timur Hakimov: "Meksikadagi Jahon chempionatiga borganlardan 30 foizining yoshi "urilgan" edi"

Iskandarov Abdulaziz
22 dek 2021
Saytimizning yutub platformasida futbolchi Timur Hakimov bilan jonli efir bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida 2011 yil Meksikadagi Jahon chempionati va unda futbolchilarning yoshi bilan bog'liq savolga quyidagicha javob berdi. 

"O'sha Jahon chempionatiga borganlarning yarimi emas, 30 foizi yoshi "uril"gan edi. Lekin kimligini aytmayman. Mening yoshim hech qachon bunday qilinmagan. Bunga esa sochimning aloqasi yo'q. O'zim bilgan jamoamdan eng katta farq 3 yosh, o'zbek futbolida esa 8 yilga kichraytirilgan futbolchini bilaman",- deydi Timur Hakimov



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia