Timoti Vea: "Otamda Jahon chempionatida o'ynash imkoniyati bo'lmagan. Hozir bu tuyg'uni o'zimda his qilyapman"

Sherzod Nurmatov
22 noya 2022
AQSH terma jamoasi hujumchisi Timoti Vea JCH-2022 guruh bosqichi doirasidagi Uelsga qarshi o'yindagi (1:1) gol haqida fikr bildirdi.

"Otam bilan qanday gol urishimni muhokama qildimmi? Yo'q. Eng muhimi, jamoamga yordam berish va g'alabalarni qo'lga kiritish. Otamning Jahon chempionatida o'ynash imkoniyati yo'q edi. Endi men bu tuyg'uni o'zimda his qilyapman", – dedi Timoti.

Ma'lumot uchun, uning otasi Jorj Vea Liberiya prezidenti va afrikaliklar orasida yagona "Oltin to'p" sohibi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Rai Sport