Tilemans "Arsenal" bilan shaxsiy kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2022
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.

Futbolchi allaqachon London klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, deb xabar berdi "CBS Sports". Endi "Arsenal" "Lester" bilan transfer summasini kelishib olishi kerak.

Futbolchining shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Oldinroq "kanonirlar" Tielemans uchun taxminan 30 million evro taklif qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi, ammo "Lester" futbolchi ortidan ko'proq pul ishlab olishga harakat qilishi taxmin qilinmoqda.

25 yoshli xavbek o'tgan mavsumda APLda 32 ta o'yinda harakat qilib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports