Tibo Kurtua: "Ronaldu "Atletiko"da o'ynagan paytimda qanday bo'lsa, shundayligicha qolib ketgan. Men esa ko'proq o'sishga erishdim"

Alisher
26 iyun 2021
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Evro-2020 1/8 finali doirsidagi Portugaliyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizda reja bor, Portugaliyani to'xtatishga tayyormiz. Bu jamoa bir o'yinchidan tashkil topmagan.

Krishtianu - Evroning eng yaxshi to'purari va ajoyib o'yinchi, bu barchaga ma'lum. Ammo, u "Atletiko"da o'ynagan paytim qanday bo'lsa, shundayligicha qolib ketgan. Men esa ko'proq o'sishga erishdim", - deydi "Real" posboni.

Belgiyalik futbolchi 2011-2014 yillarda "Atletiko"da o'ynagan. Ronaldu o'shanda "galaktikos"da harakat qilayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, Belgiya va Portugaliya o'rtasidagi o'yin 27 iyun kuin bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Marca