The Guardian: Diego Kosta "Chelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aziz Tukhtamuradov
4 iyun 2014, 20:59
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta "Chelsi"ga o'tishga judayam yaqin.

25 yoshli hujumchi London jamoasida tibbiy tekshiruvdan o'tdi. Futbolchining transferi "aristokratlar"ga 32 million funtga tushadi.

Aytib o'tish lozimki, "Chelsi" yana "Atletiko"ning Tiagu Mendesh, Filipe Luis va Diego Godin kabi futbolchilariga ham qiziqmoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru