Tezkor! O'zbekiston MTJ yetakchilaridan biri Tailand bilan o'yinda qatnashmaydi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2024
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov betobligi sababli shifokorlar tavsiyasiga ko'ra Tailandga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Futbolchimizda tumov kasalligi natijasida yuqori tana harorati kuzatilmoqda. Barcha zarur muolajalar amalga oshirilmoqda", – deyiladi O'FA xabarida.



Osiyo Kubogi nimchorak finali doirasidagi O'zbekiston – Tailand uchrashuvi 16:30 da start oladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати