Tezkor! Yevropa ligasidagi uchrashuv maydonga tushgan dron oqibatida to'xtatildi. Unda mehmon jamoani tahqirlovchi so'zlar bor edi

Mirjalol Normatov
4 okt 2019
Ayni damda Yevropa ligasining 2-turi doirasidagi "Dyudelanj" - "Qorabog'" uchrashuvi o'tkazilayotgan edi.

Uchrashuv bir qancha vaqt davomida to'xtatib qo'yildi. Mehmonlar ikkinchi golni urganidan keyin maydonga dron uchib keldi va unda "Tog'li-Qorabog' Respublikasi" deb yozilgandi.

Aslida Tog'li-Qorabog' bu tan olinmagan davlat hisoblanadi. "Qorabog'" jamoasi esa Ozarbayjon sharafini himoya qiladi. Shu boisdan futbolchilar o'yinni davom ettirishni istashmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia