Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi mutasaddilari ishtirok etgan yig'ilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish, bu borada tashabbus ko'rsatgan tadbirkorlar uchun qo'shimcha imtiyoz va rag'batlantirish mexanizmlarini joriy etish orqali yangicha moliyalashtirish tizimini shakllantirish bo'yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Rasmiylar bunday yondashuv zamonaviy menejment tamoyillarini joriy etish, klublar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta'kidladilar.







