Teraktlar xavfi tufayli Lukaku Bryusseldagi kvartirasini sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 noya 2015, 13:14
"Everton"ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku teraktlar xavfi tufayli Bryusseldagi kvartirasini sotmoqchi.

"Bryusselda yashayman, hozircha policiya qo'lidan kelganini bajaryapti. Uyim Molenbekda joylashgan. 6 yildan beri bu yerda tinch yashayman. Bu tumanda hech qachon muammolarga duch kelmaganman, ammo hozir tezroq ko'chib ketish niyatidaman.

Oilam Bryusselni tark etdi. Ukam ham poytaxtda yashamayapti. Men shunchaki oilam xavfsizlikda bo'lishini istayman" - deydi hujumchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail