Ter Shtegen "Sevilya"ga qarshi o'yinda bolboyga: "O'chir va o'z ishingni qil. Hurmat ko'rsat"

Alisher
13 fev 2021
"Barselona" darvozaboni Ispaniya Kubogi doirasidagi mehmonda o'tgan "Sevilya" (0:2)ga qarshi o'yin paytida bolboy bilan janjallashdi.

Nemis darvozaboni qo'riqlayotgan darvoza oldida turgan bolboy birinchi bo'limda bosh hakam Mateu Laosga murojaat qildi.

Ter Shtegen bolboyba aytdi: "Ovozingni o'chir. Hurmat ko'rsat. Sen bu erga gaplashish uchun kelmagansan. Sen o'z ishingni qilish uchun bu erdasan.

Bolboy javob qaytardi: "Men gapirishdan to'xtamayman. Men gaplashmayapman, men shunchaki sariq kartochka ko'rsatishni so'rayapman. Ovozimni o'chirmayman.

Janjalga hakam Mateu Laos aralashdi. U bolboyga murojaat qildi va dedi: "Iltimos, menga bir yordam qil. To'p tribunaga chiqib ketgan payt, sen uni o'yinga qaytarasan. Bu sening ishing, xo'pmi?"


AlisherMuallif
Manba: Marca