Ten Xag: “Aql bovar qilmas kecha. Oxir-oqibat, bizni mo'jiza qutqardi”

Nozimov Nig'monxo'ja
25 okt 2023
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag “Kopengagen”ga qarshi kechgan dramatik uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

 “Albatta, Aql bovar qilmas va ajoyib kecha. Ayniqsa, oxirgi soniyalarda darvozamizga penalti belgilandi, ammo Onana tomonidan ajoyib seyv amalga oshirildi. Maguayr ajoyib o'yin ko'rsatdi, bu fikrni Onanaga nisbatan ham ishlatsak bo'ladi. Tanaffusdan so'ng u muhim seyvni amalga oshirdi. 

Birinchi bo'limni yomon o'tkazdik, ammo biz xotirjamlikni saqlab qoldik, ikkinchi bo'limda esa kuchayib, ularga nisbatan ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Oxir-oqibat, bizni mo'jiza qutqardi”.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: sports.ru