Temmi Abraxam: "Roma"ga o'tib, to'g'ri qaror qabul qildim"

Alisher
11 okt 2021
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam Rim klubida o'tkazgan dastlabki oylari haqida gapirdi.

"Roma"ga o'tib to'g'ri qaror qabul qildim. Umid qilamanki, barchasi endi boshlanmoqda, o'sishda davom etaman. Men har hafta o'ynayapman va o'sishda davom etishim mumkin", - deydi Abraxam.

Abraxam "Roma"ga "Chelsi"dan 17 avgust kuni o'tgan va klub bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi.

24 yoshli angliyalik hujumchi A Seriya doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ITV Football