Taunsend: "Nyukasl"dan Angliya terma jamoasi uchun ketdim"

Tolibjon Qosimov
7 okt 2016, 12:03
"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Endros Taunsend ayni paytja Chempionshipda harakat qilayotgan "Nyukasl"dan nimaga ketganini aytib o'tdi.
"Roy Xojson meni APL yoki Chempionshipda o'ynashim muhim emasligini aytdi. Lekin, u ketganida angladimki, Chempionship futbolchilariga terma jamoadan joy olish deyarli imkonsiz va bu mening qarorimga o'z ta’sirini o'tkazdi.

"Nyukasl" menga yoqardi, buni yashirmayman. Hayolimga o'sha yerda qolish fikri ham keldi, lekin yaxshi karera qilish uchun APLda o'ynash kerak," - deydi Taunsend "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports