Taunsend nima sababdan golni Ronaldu uslubida nishonlaganini aytdi

Mirjalol Normatov
3 okt 2021
"Everton" futbolchisi Andros Taunsend kecha "Manchester Yunayted"ga urgan golini Krishtianu Ronalduning uslubida nishonladi.

"Bu erda hech qanday hurmatsizlik yo'q. Ronaldu - mening kumirim. Uning o'yinlarini kuzatib katta bo'ldim. Mashg'ulotlar davomida uning harakatlarini takrorlashga harakat qildim. Uning golini nishonlashini o'rganish uchun ko'p vaqt kerak bo'ldi. Menimcha bu holat Krishtianuga hurmatim katta ekanligini isbotlasa kerak", - dedi Taunsend.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal