"Tass": O'runov kelasi hafta boshida tibbiy ko'rikdan o'tadi

31 iyul 2020, 19:52
Bu haqida "Tass.ru" nashri "Spartak"ga yaqin manbaga asoslanib xabar qildi.

"Ufa"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O'runov dam olish kuni Moskvaga keladi va kelgusi haftaning boshida "Spartak" bilan shartnoma imzolashdan avval tibbiy ko'rikdan o'tadi", - deyiladi xabarda.

Biroq, ushbu ma'lumot Moskva klubining jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan tasdiqlanmagan.


Manba: Tass.ru