

Oliy Liga
Nasafga qarshi 19-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida raqibi shaniga nomaqul so'zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan Paxtakor hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Paxtakorga qarshi 19-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida raqibiga qo'l bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Nasaf himoyachisi Maqsud Karimov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Nasafga qarshi 19-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida raqibiga qo'l bilan zarba bergani uchun Paxtakor himoyachisi Murod Xolmuhamedov 2013 yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
Nasafga qarshi 18-tur uchrashuvida to'p uchun kurash vaqtida raqibi oyog'iga haddan ortiq kuch bilan qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Lokomotiv himoyachisi Sardor Rahmonov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Sho'rtanga qarshi 18-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul so'zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan Bunyodkor himoyachisi Javlon Mirabdullaev 4ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Metallurgga qarshi 20-tur uchrashuvida raqib shaniga nomaqul so'zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan Nasaf himoyachisi Tohir Abdurazzoqov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Nasafga qarshi 20-tur uchrashuvida raqib shaniga nomaqul so'zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan Metallurg hujumchisi Mirto'ra Akbarov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Nasafga qarshi 20-tur uchrashuvida o'yin qoidalarini qo'pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan Metallurg himoyachisi Nikita Sviridov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Olmaliqga qarshi 20-tur uchrashuvida bosh hakam shaniga nomaqul so'zlarni aytgani uchun chetlatilgan Navbahor murabbiyi Tohir Madrahimov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Birinchi Liga, 2-bosqich
Andijonga qarshi 6-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul so'zlarni aytgani uchun chetlatilgan Zarafshon-PFK yarim himoyachisi Azizjon Abdullaev 4ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Istiqlolga qarshi 8-tur uchrashuvida tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan Sherdor yarim himoyachisi Turg'un Qobilov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Paxtakor-2ga qarshi 10-tur uchrashuvida jamoadoshi shaniga nomaqul so'zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan Registon hujumchisi Qahramon Bahodirov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Kosonsoyga qarshi 10-tur uchrashuvida to'p uchun kurash vaqtida raqibi oyog'iga haddan ortiq kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Orol himoyachisi Azamat Ilyosov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.



