Tarixda shu kun. Eldor Shomurodov "Al Shabab" darvozasini titratgan o'yin

Iskandarov Abdulaziz
9 fev 2024
"Bunyodkor" jamoasi bir paytlar muntazam OCHLda ishtirok etgan, 2015-2017 yillar oralig'ida ketma-ket uch yil pley-off orqali guruh bosqichiga yo'llanma olgan edi.

Bu jamoada Eldor Shomurodov asosiy futbolchisiga aylangan edi. Uning ushbu klubdagi ikkinchi yili nihoyatda muvaffaqiyatlarga boy tarzda o'tgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu yili u “qaldirg'ochlar” bilan chempionat kumush medalini qo'lga kiritibgina qolmasdan jamoaning OCHL guruh bosqichiga chiqishida muhim rol o'ynagan, deya olamiz. Jamoadagi ilk mavsumida ko'p ko'zga tashlanmagan bo'lsada, keyingi yilda tarkibning muhim figuralaridan biriga aylandi. Aynan 2016 yildan so'ng Shomurodovning haridorlari, uni o'z safiga qo'shib olishni istagan klublar soni keskin ortdi. Natijada 2017 yilning ikkinchi yarimida Rossiya tomon otlandi. 2016 yil OCHL pley off bahsidan o'rin olgan, guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi “Bunyodkor” “Al Shabab” uchrashuvi Shomurodovning sarguzashtlarini boshlab bergandi. 





OCHL 2016. Pley off. G'arb mintaqasi

09.12.2016. Toshkent, “Bunyodkor” stadioni. 

“Bunyodkor” – “Al Shabab” 2:0

Bosh hakam: Kim Dong Djin

Gollar: Eldor Shomurodov 2, 35

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov (s), 3.Akramjon Komilov, 7.Shaker Zuagi, 10.Eldor Shomurodov, 15.Javlon Mirabdullaev, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O'rinboev, 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek Shukurov, 71.Aleksandar Alempievich

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 5.Dilshod Jo'raev, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 11.Shahzodbek Nurmatov, 14.Bahodir Nasimov

Bosh murabbiy: Sergey Lushchan

"Al Shabab": 18. Salim Abdulla, 3. Muhammad Al Shamiri, 4.Muhammad Marzuq, 7.Aziz Haydarov, 10. Karlos Villanueva (s), 11.Enrike Luvannor, 15. Dovud Al Balushi, 22. Manei Muhammad, 25. Mahmud Qosim, 26. Hassan Safar, 99. Junino.

Zaxira: 17. Hassan Hamza. 2. Issa Muhammad, 20. Nosir Masud, 30. Muhammad Juma, 70. Ahmad Sulaymon, 77.Rashid Hassan, 92. Halifa Abdulla.

Bosh murabbiy: Kaio Junior

GOLNI KO'RISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLAGA O'TISHINGIZ MUMKIN. VIDEO ARXIV



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia