"Tambov" klubi sobiq direktori hibsga olindi, u 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 noya 2021
"Tambov" FKning sobiq sport direktori Pavel Xudyakov Moskvadagi kasalxonalardan birida MVD maxsus bo'linmasi tomonidan qo'lga olindi.

Xabarlarga ko'ra, Xudyakov "Tambov" futbol klubiga tegishli mablag'larini o'g'irlash bilan bog'liq bir nechta jinoiy ishda ishtirok etgan. 45 yoshli menejer tergovga olib ketildi.

Aytishlaricha, "Tambov"ning sobiq direktori Olga Konovalova hozir Tambov tergov izolyatorida saqlanayotgan Xudyakovga qarshi ko'rsatma bergan.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, shahar "Tambov" uchun yiliga 1 milliard rublga yaqin mablag' ajratgan, bu mablag'larni esa klub rahbarlari turli noqonuniy yo'llar orqali o'zlashtirgan.

Manbaga ko'ra, Xudyakovga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi bo'yicha oltita jinoiy ish ayblovi qo'yiladi va katta ehtimol bilan ehtiyot chorasi sifatida hibsda  ushlab qolinadi. Keyinchalik, ish sudga oshiriladi, "Tambov" uchun ajratilgan davlat mablag'larini o'zlashtirgani uchun Xudyakov 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/karpinside