Tailand MTJ bosh murabbiyi: "Biz Osiyo Kubogida tarix yaratmoqchimiz"

Xayrulla Xoliqov
10 okt 2018, 15:50
Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Milovan Rayevac o'z intervyusida jamoaning keyingi rejalari haqida gapirib berdi.

Ma'lumki, tailandliklar shu oydagi FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda Gonkong va Trinidad va Tobago terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Taildad Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida "A" guruhidan joy olgan bo'lib, musobaqa mezboni BAA, Hindiston va Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Milovan Rayevac o'z intervyusida shunday dedi:

"Maqsadimiz o'rtoqlik o'yinlari orqali Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko'rish. Tarkibimizda yoshlar ham, yoshi katta futbolchilar ham bor. Men birinchi navbatda kuchli jamoa tuzishni o'ylayapman. Chunki qishda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida tarix yaratmoqchimiz. O'ylaymanki, bu musobaqaga hech kim shunchaki bormaydi, shu jumladan biz ham. Avvalo guruhdan chiqishni o'ylaymiz, keyingi yurishimiz esa omadga bog'liq".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com