Tailand chempionati. Zaxiradan tushgan Igor Sergeev "Patum Yunayted"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023
Tailand chempionati 10-turi doirasidagi "Patum Yunayted" – "Chiangray Yunayted" bellashuvi yakunlandi.

Unda jamoalar jangovar durang qayd etishdi. Quvonarlisi, mezbonlar safida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev 66-daqiqada Chaovat Veerachart o'rniga maydonga tushib, 90+7-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi. 

Tailand Premer-ligasi

10-tur

"Patum Yunayted" – "Chiangray Yunayted" 2:2

Gollar: Danilo Alves 38', Igor Sergeev 66' – Veloso 5', Tiatrakul 45'

Musobaqa jadvali


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia