Tahliliy portal Fernandeshni JCH-2022ning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Ronaldu 500 talikka ham kirolmadi

Sherzod Nurmatov
20 dek 2022
Ana xolos!

Uchrashuvlar statistik ko'rsatkichlarini to'plab boradigan SofaScore portali JCH-2022ning barcha o'yinchilari reytingini tuzib, ortda qolgan musobaqaning eng yaxshi futbolchisini tanlab oldi. U Brunu Fernandesh bo'ldi. Sayt xabariga ko'ra, u finalda Argentinani g'alaba sari etaklagan Lionel Messi va hal qiluvchi bahsda xet-trik qayd etgan Kilian Mbappedan ham o'zib ketdi.

Fernandesh 8,38/10 reyting bahoga ega bo'lgan bo'lsa, Messi 8,27 va Mbappe 7,61 ball bilan keyingi o'rinlarga joylashdi.

"Manchester Yunayted"ning yana ikki futbolchisi kuchli 12 talikka kirdi: braziliyalik Kazemiro (7,50) va portugaliyalik Diogu Dalot (7,47).

Krishtianu Ronaldu esa 6,46 reyting baho bilan turnirdagi barcha futbolchilar orasida kamtarona 556-pog'onani egalladi.

Fernandesh turnirda 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliya terma jamoasi chorak finalda Marokashga mag'lub bo'lib, Jahon chempionatidan chiqib ketdi.

Ushbu baholashga qo'shilasizmi?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sofascore.com