"Surxon" Turkiyada Daniyaning 3 karra chempioni bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2025
9 yanvar kuni jamoa mavsumoldi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketadi.

Mazkur yig'inda murabbiylar shtabi o'z oldiga 3 ta maqsadni qo'ygan:

1) Jamoani 2025 yilgi mavsumiga ham jismoniy, ham taktik taraflama tayyorlash

2) Yig'inda yosh futbolchilarga e'tibor berish va ularning salohiyatini oshirish

3) 12 ta o'rtoqlik uchrashuv o'tkazish

"Licenziyalash va xalqaro bo'lim mutaxassisi Elyor Uzakov nazorat uchrashuvlar bo'yicha bir qator xorij jamoalari bilan muzokaralar o'tkazdi. "Surxon" 5 ta uchrashuv bo'yicha rasman kelishuvga erishdi. Bular: "Gol Gohar" (Eron), "Voevodina" va "Jeleznichar" (ikkalasi – Serbiya), "Vidovre" (Daniya) hamda "Ahal" (Turkmaniston).

Daniyaning "Vidovre" futbol klubi "Surxon" muxlislari uchun tanish. 2024 yilgi yig'inda biz daniyaliklar bilan o'rtoqlik uchrashuv o'tkazganmiz. 4 fevral kuni bo'lib o'tgan o'yinda durang qayd etilgan – 2:2", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати