Surxon Paxtakor futbolchisini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi

Khoja
26 dek 2024
Surxon yangi mavsumda ham yosh va iqtidorli futbolchilarni jamoaga olib kelishni maqsad qilgan.

Surxondaryo jamoasi Paxtakorning chap qanot himoyachisi Sunnatilla Poyonovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda.

Ma'lumot uchun, Poyonov o'tgan mavsumning birinchi qismida Paxtakor safida uchta uchrashuvda maydonga tushdi. Ikkinchi davrani esa Qo'qon-1912 jamoasi safida ijarada o'tkazdi va Pro ligada 13 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi.




KhojaMuallif
Manba: championat.asia