Suriyaga qarshi o'yin yaqin. Vitaliy Denisov jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2017
Moskvaning Lokomotiv klubi himoyachilar Vedran Chorluka va Vitaliy Denisov Spartakka qarshi o'yinda (1:1) jarohat olishganini tasdiqladi.

O'yindan keyingi tekshiruvlarga ko'ra Chorluka chap oyog'i mushaklarini shikastlab olgani, Denisov esa o'ng soni yuqori mushaklarini jarohatlagani ma'lum bo'ldi.

Futbolchilar yakshanba kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishadi va qachon safga qaytishlari ma'lum bo'ladi, – deyiladi Lokomotiv klubi rasmiy saytida.

Eslatib o'tamiz, 23 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Suriya mehmoni bo'ladi. Vitaliy Denisov ushbu o'yinga chaqiruv olgan. Rejaga ko'ra u Moskvadan to'g'ri Malayziyaga uchib borishi kerak.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia