

Suriya futbol federatsiyasi terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis Ektor Kuper bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. Yangilangan shartnomaga ko'ra Ektor Kuper Suriya terma jamoasini JCH-2026 saralash bosqichi yakuniga qadar boshqarib boradi.
Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi Suriya terma jamoasi Qatardagi Osiyo kubogida o'z tarixida birinchi marotaba guruhdan chiqdi va nimchorak final bosqichiga qadar yetib bordi.




