Superliganing 3ta klubi murabbiylari kuzatgan o'yinda "Nasaf" Bosniya vice-chempionini mag'lub etdi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
12 fev 2022, 15:44
Superliganing qator jamoalari Antalyada yig'in o'tkazishda davom etishmoqda.

"Championat.asia" ijodiy guruhi ham shu kunlarda Turkiyada bo'lib turibdi. Kecha mamlakatimizda amaldagi kubok sohibi "Nasaf" Bosniya va Gertsegovina vice-chempioni hamda kubogi sohibi "Saraevo"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Sherzod Nasrullaevning chap qanotdan uzatgan to'pini raqib himoyachisi Amer Dupovak o'z darvozasiga kiritib yubordi va shu gol bellashuvda yagona bo'lib qoldi.

FOTO  "Nasaf" o'rtoqlik o'yinida Bosniya klubini mag'lub etdi

E'tiborlisi, ana shu bahsni "Metallurg" va "Qizilqum" bosh murabbiylari, "Navbahor"ning esa yordamchi murabbiylari kuzatib borishdi.

"Saraevo" - "Nasaf" uchrashuvidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov

Antalya, Turkiya

Suratda chapdan o'ngga Luisma Ernandes ("Metallurg" bosh murabbiyi), Artem Petrosyan ("Metallurg" murabbiyi) va Grigoriy Kolosovskiy ("Navbahor" yordamchi murabbiyi).


"Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich.


"Saraevo" bosh murabbiyi Vasoski: "Nasaf"ning 77-raqamdagi futbolchisi himoyachilarimizga tinchlik bermadi" 



Tolibjon Qosimov

Antalya, Turkiya

"Saraevo" - "Nasaf" uchrashuvidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia