Superligada yangi mavsum boshlanishiga 40 kun qoldi. Qur'a qachon bo'lishi noma'lum

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020, 13:17
PFL 2020 yilgi Superliga bahslari 28 fevral kuni boshlanishi haqida xabar bergan edi.

Bugun ushbu sanaga roppa-rosa 40 kun vaqt qoldi. Ammo hozirga qadar PFL qur'a qachon bo'lib o'tishi haqida rasmiy xabar berganicha yo'q. 

O'tgan mavsumda qur'a "Pepsi Superligasi" nomi bilan 25 fevral kuni bo'lib o'tgan hamda "Coca Cola Superligasi" nomi bilan 8 mart kuni start olgan edi.

2020 yilda Superliganing bosh homiysi aynan qaysi kompaniya bo'lishini ham vaqt ko'rsatadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia