Superligada yangi mavsum boshlanishiga 30 kun qoldi. Qur'a qachon bo'lishi hamon noma'lum

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2020
PFL 2020 yilgi Superliga bahslari 28 fevral kuni boshlanishi haqida xabar bergan edi.

Bugun ushbu sanaga roppa-rosa 30 kun vaqt qoldi. Ammo hozirga qadar PFL qur'a qachon bo'lib o'tishi haqida rasmiy xabar berganicha yo'q. PFL vakillariga bu borada murojaat qilganimizda hozirda bazi tashkiliy ishlar hal bo'lishini kutishayotganini aytishdi.

Ma'lumot uchun, 2019 yilgi Superliga bahslariga 25 fevral kuni qur'a tashlangan va mavsum 8 mart kuni chempionat boshlangan edi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia