Superliga va Pro liga uchrashuvlari doirasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan O'FA Hakamlar qo'mitasi qarori

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2024
O'FA hakamlar qo'mitasi bir hakamni mavsum oxirigacha Superligadan chetlatdi, boshqalariga jarima soldi.

O'zFHM matbuot xizmati Superliga 8-turidan o'rin olgan “Surxon" – “Nasaf" bahsi, Superliga 11-turi doirasidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” klublari o'rtasidagi uchrashuv hamda Pro liga 13-turidan o'rin olgan "Do'stlik" – "Qo'qon-1912” bahslarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan O'FA Hakamlar qo'mitasi qarorini ma'lum qiladi:


1. Superliga 8-turidan o'rin olgan “Surxon" – “Nasaf" bahsi bosh hakami Ilgiz Tantashev o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko'rildi. Unga ko'ra, O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo'ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandlari va 4-bo'limning  4.3 bandiga asosan, birinchi mavsum oxiriga qadar Superliga uchrashuvlaridan (8 ta tur - 9, 10, 11, 12, 13-turlardan va 2 ta qoldirilgan uchrashuvlar, Superkubok) chetlatish, o'yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanildi;


2. Superliga 11-turi doirasidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” klublari o'rtasidagi uchrashuvning bosh hakami Sardor Ismatullaev,  VAR hakami Aziz Asimov o'yin davomida yo'l qo'ygan xatolari uchun o'yin yakunidan so'ng uchrashuv nazoratchisi Oleg Dachev tomonidan bosh hakam 7.9, VAR hakam C bahosiga loyiq ko'rilgan. Lekin ushbu uchrashuv Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko'rib chiqilgandan so'ng bosh hakamning bahosi uchrashuv natijasiga ta’sir qilgan xatolari uchun 7.1, VAR hakamning bahosi D ekanligi, uchrashuv nazoratchisi baholarni yuqori qo'yganligi aniqlandi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda:


Sardor Ismatullaevga nisbatan mavsum oxiriga qadar Superligadan chetlashtirish, quyi ligaga tushirish va uchrashuv uchun belgilangan to'lovdan 75 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Aziz Asimovga nisbatan 4 ta tur uchrashuvlariga VAR hakamlikdan, 4 ta tur uchrashuvlariga bosh hakamlikdan chetlashtirish va uchrashuv uchun belgilangan to'lovdan 100 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Oleg Dachevga nisbatan 8 ta (Superligadan) uchrashuvlariga nazoratchilikdan chetlashtirish va uchrashuv uchun belgilangan to'lovdan 100 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo'llanildi;


3. Pro liga 13-turidan o'rin olgan "Do'stlik" – "Qo'qon-1912” bahsi bosh hakami Ibrohim Ismoilov o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko'rildi. O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandlari va 4-bo'limning  4.3 bandiga asosan, Superliga va Pro liga uchrashuvlaridan 6 ta turga chetlatish, o'yin uchun belgilangan to'lovdan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uzfhm