Superliga o'yinlari iyun oyining dastlabki 10 kunligida start olsa, taqvim qanday bo'ladi? Diyor Imomxo'jaev javob beradi

Narzulla Saydullayev
19 may 2020, 11:22
PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev to'xtab qolgan Superliga haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Superliga o'yinlari iyun oyining dastlabki 10 kunligida start olsa, taqvim qanday bo'ladi? Va kuzning uch oyidagi FIFA kunlari ham bekor qilinsa, taqvim qanday bo'ladi? Har ikki holat uchun ham O'zPFL rejasi allaqachon tayyorlab qo'yilgan.

Ammo bu ikki reja ham juda katta ehtimol bilan o'zgaradi. Chunki biz Osiyo Chempionlar ligasi hamda O'zbekiston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati U-19 taqdirlari haqida to'liq ma'lumotga ega emasmiz", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia