Superliga. Nima uchun "Neftchi" - "Navbahor" ahamiyatsiz o'yin?

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2018
Superliganing 20-turida "Neftchi" o'z uyida "Navbahor"ni qabul qiladi.

Mazkur bahs derbi maqomida bo'ladi. "Neftchi" mavsumdagi o'zining birinchi g'alabasini nishonlashga urinadi. "Navbahor" esa o'tgan turdagi g'alabadan keyin yaxshi kayfiyatda Farg'onaga boradi.

Biroq bu o'yin ikkinchi bosqich nuqtayi nazaridan hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi. Yani bu o'yinda g'olib bo'lgan jamoa 3 ochko oladi, lekin bu ochkolar ikkinchi bosqichda 0ga aylanadi. Sababi "Navbahor" kuchli oltilikka kirishi, "Neftchi" esa pastdagi oltilikda qolishi aniq bo'lib ulgurgan.

Xuddi shu holat 21-turdan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Neftchi" va 22-turdagi "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvlarga ham taaluqli. Yani bu juftliklardagi jamoalar ikkinchi bosqichda boshqa-boshqa oltliklarda bo'lishadi

Quyida Superliganing birinchi bosqichidan o'rin olgan so'nggi 3ta tur juftliklarini keltiramiz.

20-tur
1 avgust, chorshanba

AGMK - “Qizilqum”
“So'g'diyona” - “Nasaf”
“Paxtakor” - “Lokomotiv”

2 avgust, payshanba
“Bunyodkor” - “Qo'qon-1912”
“Buxoro” - “Metallurg”
“Neftchi” - “Navbahor”
 
21-tur
12-13 avgust, yakshanba-dushanba

“Navbahor” - “Buxoro”
“Lokomotiv” - “Neftchi”
“So'g'diyona” - AGMK
“Nasaf” - “Bunyodkor”
“Metallurg” - “Qizilqum”
“Qo'qon-1912” - “Paxtakor”
 
22-tur
18-19 avgust, shanba-yakshanba

“Buxoro” - “Lokomotiv”
“Neftchi” - “Qo'qon-1912”
“Paxtakor” - “Nasaf
“Qizilqum” - “Navbahor”
AGMK - “Metallurg”
“Bunyodkor” - “So'g'diyona”
 
Diqqat. Superliganing 21 hamda 22-tur bellashuvlarining aniq sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia