Superliga. "Neftchi" "Andijon"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Iskanderov o'yinni hal qildi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
Superliga 3-turidan o'rin "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 3-tur

"Neftchi" – "Andijon" 3:0 

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Amir Galeev, Danil Yacenko, Umidjon Rahimjonov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Islom Azimov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Alisher Odilov 42, - 1:0 (Jamshid Iskanderov). Jamshid Iskanderov 50, - 2:0 (Abror Ismoilov). Anvar G'ofurov 56, - 3:0 (Jamshid Iskanderov). 

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov (9.Xurshid G'iyosov, 70), 8.Vladimir Yovovich (77.Ratino, 70), 10.Jamshid Iskanderov (34.Farruh Sayfiev, 79), 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 61), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (11.Asilbek Jumaev, 70), 23.Yovan Jokich.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 2.Izzatillo Po'latov, 14.Daler Tuxsanov, 30.Rustambek Fomin, .

"Andijon": 35.Rahimjon Davronov, 2.Odilbek Abdumajidov (8.Jamshid Boltaboev, 46),  4.Igor Golban, 6.Aleksandre Andronikashvili, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (22.Usmonali Ismonaliev, 70), 9.Imeda Ashortia (11.Humoyunmirzo Iminov, 57), 10.Dragan Cheran (17.Azizbek Turg'unboev, 57), 15.Nemanya Chalasan, 20.Islom To'xtaxo'jaev (26.Muhammadkarim Toirov, 74), 27.Martin Boake, 77.Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 3.Ibrohim Yo'ldoshev, 14.Abdurahmon Komilov, 18.Damir Temirov, .


YANGILASH


90+3. O'yin yakunlandi. "Neftchi" - "Andijon" 3:0

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi 

79. O'zgarish. "Neftchi". Iskanderov o'rniga Sayfiev tushdi

74. O'zgarish. "Andijon". To'xtaxo'jaev o'rniga Toirov tushdi 

70. O'zgarishlar. "Neftchi". Yovovich, Odilov, Ismoilov o'rniga G'iyosov, Jumaev va Ratino tushdi

69. O'zgarish. "Andijon". Xoldorxonov o'rniga Ismonaliev tushdi 

61. O'zgarish. "Neftchi". Perica o'rniga Marushich tushdi 

60. ZARBAAAAA! Pericaning jarima maydoni ichidan tepgan aniq zarbasidan keyin Davronov to'pni qaytardi!

60. Zarba! Abror Ismoilovning zarbasi noaniq ketdi 

58. Zarba! Yovovichning uzatgan to'pi Iskanderovga bordi, Jamshidning oshirgan to'pini Jokich o'ta noaniq zarba berdi 

57. O'zgarish. "Andijon". Cheran va Ashortia o'rniga Iminov va Turg'unboev tushdi

56. GOL! ANVAR G'OFUROV! Iskanderov burchakdan uzatgan to'pini G'ofurov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:0. 

50. GOL! JAMSHID ISKANDEROV! Yovovichning chap qanotdan uzatgan to'pini Ismoilov Jamshidga qoldirdi, Iskanderov bir harakat bilan darvozani ishg'ol qildi - 2:0. 

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Andijon". Abdumajidov o'rniga Boltaboev tushdi 

45+2. ZARBA! Andronikashvilining jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Botirali Ergashev to'pni qaytardi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi 

42. GOL! ALISHER ODILOV! Ismoilov-Yovovich-Iskanderov-Odilov kombinaciyasi Alisherning goli bilan tugadi - 1:0. 

39. ZARBA! Muhsin Ubaydullaevning zarbasi noaniq ketdi 

32. Xavfli vaziyat! "Andijon"da burchak to'pi, Mahamadjonovning uzatgan to'pi Ashortianing boshidan maydonni tark etdi

27. Iskanderov ikki marta burchak to'pini amalga oshirdi, natija yo'q

26. ZARBAAA! Odilovning jarima maydoni ichidan tepgan to'p yo'liga Chalasan to'g'anoq bo'ldi. 

25. Maydonda taktik kurash kechmoqda, murabbiylar kurashini ko'rmoqdamiz 

15. "Andijon"da jarima to'pi, Mahamadjonov uzatgan to'piga sheriklari eta olmadi

13. ZARBAAAAA! Chap qanotdan Xoldorxonov uzatgan to'pni Boake boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

1. O'YIN BOSHLANDI!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia