

Bu turda bir nechta markaziy qarama-qarshiliklar kutib turibdi. Xususan, ertaga Toshkentda "Paxtakor" – "Navbahor" o'yini bo'lib o'tadi.
Jamoalar shu kungacha Superliga doirasida poytaxtda 35 marotaba uchrashishgan bo'lib, bu bellashuvlarda "Paxtakor" 28 g'alabani qo'lga kiritgan, 6 ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan. "Lochinlar"ning raqibi maydonida qo'lga kiritgan yagona g'alabasi 1995 yilda kuzatilgan.
Ma'lumot uchun, o'yin ertaga Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida 20:00 da start oladi.



