Superliga. May oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Khoja
6 iyun 2024
Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko'ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy, futbolchisi hamda eng chiroyli gol muallifini aniqlab keladi.

Ortda qolgan may oyida Superligada 5 ta tur bahslari hamda O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o'zlarini ko'rsatishdi.

Superliga. May oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar

Vadim Abramov (Dinamo) – 5 o'yin, 1 g'alab, 4 durang, to'plar farqi 5:3;

Ro'ziqul Berdiev (Nasaf) – 6 o'yin, 3 g'alab, 3 durang, to'plar farqi 10:5

Samvel Babayan (Navbahor) – 5 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang, to'plar farqi 8:2

Vitaliy Levchenko (Neftchi) – 5 o'yin, 2 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat, to'plar farqi 7:4

Maksim Shackix (Paxtakor) – 6 o'yin, 3 g'alaba, 3 durang, to'plar farqi 12:8

Fevzi Davletov (Surxon) – 6 o'yin, 2 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat, to'plar farqi 5:3

Eslatib o'tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl