Superliga. Bugun "Qizilqum" "Nasaf"ni qabul qiladi

Aziz Tukhtamuradov
10 apr 2021
Bugun Superliga 5-turi doirasida navbatdagi o'yin tashkil etiladi.

Unda Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. O'yin soat 18:30da boshlanadi. 

Ma'lumot uchun, jamoalar shu kungacha o'zaro 44 ta o'yin o'tkazishgan. Katta ustunlik "Nasaf" tomonda. "Ajdarlar" o'tkazilgan o'yinlarning 26 tasida g'alaba qozonishgan. 7 ta o'yinda "Qizilqum"ning qo'li baland kelgan. Yana 11 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. 

10 aprel, shanba
QIZILQUM – NASAF
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Husniddin Shodmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Aleksandr Sidorov
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
Operator: Jahongir Saidov
Texnik mutaxassis: Sherali Janaliev.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia