Superliga. Bugun Andijonda uchrashuv bor

Khoja
26 sen 2025
Bugun Superliganing 23-tur bahslari davom ettiriladi.

Andijonda "Andijon" jamoasi OKMKni qabul qiladi. Uchrashuv 19:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda "Andijon" 22 ta turda 22 ta ochko to'plagan holda turnir jadvalining 12-pog'onasida ketmoqda. OKMKning hisobida 40 ta ochko bor va Mirjalol Qosimov shogirdlari 3-pog'onadan joy olishgan.

Ma'lumot uchun, jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida OKMK super kambek amalga oshirib, 4:3 hisobida g'alaba qozongandi. 

"Andijon" – OKMK 

26.09.2025

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Akram Salohiddinov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: To'rabek Suyunov

AVAR: Shohruh A'zamov

Komissar: Shohruh Said


KhojaMuallif
Manba: Championat.asia