Superliga: 30-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari

Narzulla Saydullayev
6 noya 2018, 16:24
Professional futbol ligasi klublar hamda Sport telekanali bilan kelishgan holda 30-tur doirasidan o'rin olgan bellashuvlarning boshlanish vaqtini belgiladi.

Juma kuni bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" – "Buxoro" uchrashuvi mezbonlarning xavfsizlik masalasi yuzasidan bergan iltimosiga ko'ra soat 17:00ga belgilandi. O'sha kungi qolgan 2 ta o'yin soat 18:00da start oladi. Shanba kungi uchrashuvlar esa odatdagidek biroz ertaroq boshlanadi.


Superliga / 30-tur
9 noyabr, juma

“LOKOMOTIV” – “BUXORO” 17.00
“NEFTCHI” – “SO'G'DIYONA” 18.00
AGMK – “QO'QON-1912” 18.00

10 noyabr, shanba
“PAXTAKOR” – “METALLURG” 16.00
“NAVBAHOR” – “BUNYODKOR” 18.00
“QIZILQUM” – “NASAF” 16.00



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz