Superliga. 3-turda qaysi seriya buzilishi mumkin?

Narzulla Saydullayev
15 mar 2018
Ertaga O'zbekiston Superliganing 3-turidan o'rin olgan o'yinlar start oladi.

Ushbu turdagi o'yinlarni eslatib o'tamiz.

3-tur
16 mart (juma)

18:00 - “Metallurg” – “Qo'qon-1912”
20:00 - “Buxoro” – “So'g'diyona”

17 mart (shanba)
18:00 -
“Neftchi” – “Bunyodkor”
20:00 - “Navbahor” – “Lokomotiv”

18 mart (yakshanba)
18:00 -
“Paxtakor” – AGMK
20:00 - “Qizilqum” – “Nasaf”



Bu turdan o'rin olgan o'yinlardan oldin bir qator seriyalar bor.

1.“Buxoro” – “So'g'diyona”
Bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi 11ta o'yinda "Buxoro" umuman yutqazmagan (8 g'alaba, 3 durang)  

2.“Qizilqum” – “Nasaf”
"Qizilqum" bu jamoa bilan oxirgi 18ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagan.

3.“Metallurg” – “Qo'qon-1912”
"Metallurg" o'z uyidagi oxirgi 4ta o'yinning barchasida "Qo'qon-1912" ustidan g'alaba qozongan.

4.“Navbahor” – “Lokomotiv”
Bu jamoalar o'rtasidagi Namanganda bo'lgan oxirgi 6ta o'yinda "Navbahor" umuman g'alaba qozona olmagan.

5.“Paxtakor” – AGMK
Oxirgi 4ta o'yinda "Paxtakor" o'z uyida AGMKga yutqazmagan (3 g'alaba, 1 durang).

6.“Neftchi” – “Bunyodkor”
Bu mavsumda Superligada faqatgina "Neftchi" klubi gol o'tkazmadi.


Xo'sh, Sizningcha qaysi seriya yoki seriyalar bu turda buziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia